Marğilonda Margilan City Mall&Residence majmuasi qurilişi boşlandi. Bu haqida Farğona viloyati hokimligi xabar berdi. Ma’lum qilinişiça, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 26 iyul kuni ramziy kapsula qöyiş marosimida qatnaşgan. Majmua şaharning janubi-ğarbiy qismidagi Navröz mahallasida barpo etiladi va Yangi Özbekiston massivining tarkibiy qismiga aylanadi.

Qayd etilişiça, hududda savdo majmuasi, şuningdek, 12, 14 va 16 qavatli 11 ta turar joy binosi qurilişi rejalaştirilgan. Ularda jami 785 ta xonadon böladi. Bundan taşqari, aholi uçun savdo markazi, bolalar öyin maydonlari va avtomobil töxtaş joyi ham quriladi. Loyiha qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra, 35 mln dollarga baholangan.

Uç oy oldin Marğilonning aynan şu mahallasida turizm markazi qurilişini ham viloyat hokimligi e’lon qilgandi. 35 gektar maydonda joylaşuvçi Burhoniddin Marğinoniy ilmiy-ma’rifiy turizm markazida mehmonxonalar, bozor, gastronomik markaz, masjid, muzey, yotoqxona, ilmiy-tadqiqot markazi, tadbirlar zali, şuningdek, ikkita istirohat boği mavjud bölişi aytilgandi. Loyihaning boş rejasini esa turk kompaniyasi işlab çiqqan.