Qayd qilinişiça, bu Özbekistondagi hay-tek uslubida qurilgan birinçi masjid hisoblanadi.

Masjidning avvalgi binosi eskiligi, torligi, kirib-çiqişdagi noqulayliklar va moslaştirilgan binoda joylaşgani namozxonlarga qiyinçiliklar tuğdirayotgan edi. Zamonaviy körinişda qayta qad rostlagan muhtaşam masjidda esa barça şaroit va qulayliklar yaratilgan. Maskanning foydalanişga topşirilişi munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, diniy ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi. 

Ta’kidlanişiça, uşbu masjid ilk bor noan’anaviy, ya’ni, hay-tek uslubida qurilgan. U bir vaqtning özida 4 ming nafar namozxonni öz bağriga siğdira oladi. Masjid qurilişiga 2021 yilda tamal toşi qöyilgan bölib, saxovatpeşa homiylar hamda köngilli kişilar kömagida haşar yöli bilan bitkazilgan. Masjidga Najmiddin Hasanov imom etib tayinlangan.