Ukrainada uruşning 748-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ivanovo oblastida Rossiya aviatsiyasi harbiy-transport samolyoti qulab tuşdi. Uning bortida 15 kişi bölgan, heç kim omon qolmagan.
  • Belgorodda dron şahar ma’muriyati binosiga kelib urildi. Ikki kişi jarohat olgan.
  • Ukraina tomonida turib jang qilayotgan rossiyaliklardan iborat qurolli guruh Belgorod va Kursk oblastlarining çegara hududlariga hujum qildi. RF mudofaa vazirligi davlat çegaralari buzib ötilişiga yöl qöyilmagani va hujumlarni qaytariş çoğida 234 nafar diversant öldirilgani haqida xabar berdi.
  • Kriviy Rihda köp qavatli turar joy binosi zarbaga uçradi. Beş kişi halok bölgan, 40 dan ortiq kişi jarohatlangan, şundan 12 nafari bolalar.
  • Nijyegorod neftni qayta işlaş zavodida (Rossiyadagi eng yirik şunday zavodlardan biri) dronlar hujumi oqibatida yirik yonğin çiqdi, neftni qayta işlaş qurilmasi öçirildi.
  • AQŞ köp haftalar içida ilk bor Ukraina uçun harbiy yordam paketini e’lon qildi, ammo bu yordam hajmi atigi 300 million dollarni taşkil etadi.

Belgorod oblastiga hujum

Ukraina tomonida turib harbiy harakatlarda qatnaşayotgan «Rossiyaga ozodlik» legioni, «Rossiya köngillilar korpusi» va «Sibir batalyoni» 12 mart kuni Belgorod va Kursk oblastlariga reydlar uyuştirgani haqida xabar berdi. Rossiyalik harbiy muxbirlar ham çegara hududlarda janglar ketayotganini tasdiqlaşgan. Rossiya regionlari rahbarlari, FXX va RF mudofaa vazirligi «diversiya guruhlari» va «ukrain terrorçi tuzilmalari»ning çegaradan yorib kirişga bölgan urinişlari muvaffaqiyatli qaytarilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi versiyasiga köra, 234 nafar diversant öldirilib, bir neça tank va BMP yöq qilingan. «Rossiyaga ozodlik» legioni esa 13 mart tongida ham öz jangçilari Belgorod oblasti hududida qolayotganini ma’lum qilgan.

«Sibir batalyoni» öz jangçilari 12 mart tongida Rossiya hududiga kirayotgani aks etgan videoni e’lon qilgan. Lekin bu videos’yomka haqiqiyligi mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan
Siberian Battalion / Reuters / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligi esa çegaradagi «Nexoteyevka» nazorat-ötkaziş punktida olingan kadrlarni namoyiş etdi. Ularda 12 mart kuni yakson etilgan zirhli texnikalar aks etgani ma’lum qilingan
RF mudofaa vazirligi / AFP / Scanpix / LETA
Belgorodda 12 mart kuni dron şahar ma’muriyati binosiga urildi. Bino fasadi va kiriş joyi şikastlangan, oynalar sinib ketgan
Foto: Belgorod şahri meri Valentin Demidov
Belogorod şahri ma’muriyati binosiga dron hujumi oqibatida tört kişi jarohat olgan. Yaralanganlardan biri meriya xodimi, u örta oğirlikdagi jarohat bilan şifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bergan region rahbari Vyaçeslav Gladkov.
Mer Belgoroda Valentin Demidov

Kriviy Rih öqqa tutilişi

Rossiya qöşini 12 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ona şahri bölmiş Kriviy Rih böylab raketa zarbasi yölladi. Raketa köp qavatli turar joy binosiga urilgan. Beş kişi halok bölgan, 40 dan ortiq kişi jarohatlangan, jumladan 12 nafar bola ham.

Ukraina FVDX / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX
Ukraina FVDX
Ukraina FVDX

Makiyivka öqqa tutilişi oqibatlari

Donetsk oblastining Makiyivka şahri «DXR» nazorati ostida. Özini özi e’lon qilgan va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan respublika muntazam ravişda ukrain qöşinini Makiyivkani, jumladan şahardagi aholi yaşaş kvartallarini öqqa tutişda ayblab keladi.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Gurjistonlik köngillilarning Kiyevdagi dafn marosimi 

Dunyoning köplab davlatlaridan, jumladan Gurjistondan kelgan köngillilar ham Ukraina tomonida turib jang qilmoqda. 12 mart kuni Kiyevda «Gruzin legioni» jangçilari, 7 mart kungi janglarda halok bölgan 28 yoşli Nodari Nasirovi va 40 yoşli Georgiy Gogiaşvili bilan vidolaşuv marosimi ötkazildi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA