9 mart kuni Toşkentning qoq markazida qad rostlayotgan Centris Towers A-klassdagi biznes markazining tantanali taqdimoti va sotuv ofisining oçiliş marosimi bölib ötdi. Taqdimot jarayonida loyiha afzalliklari va tafsilotlari körsatildi. Loyiha rahbarlariga köra, Centris Towers'da asosiy e’tibor yaşil terassalarga qaratiladi, ular nafaqat ekologik tozalikning ramzi, balki har bir qavatda yoqimli va qulay muhit yaratadi.

“Bu loyihamizning boşqalaridan farqli tarafi şundaki, uni işlab çiqişda har bir nuqtasiga e’tibor qaratilgan. Arxitekturasida yaşil hududlarning köpligini alohida ta’kidlaş kerak. Har bitta blokda 400-450 kv metrdan ortiq yaşil hudud bor.

Loyiha arxitekturasi alohida diqqatga sazovor. Bu yerda kamida 4000 işçi örni yaratilişi mumkin. 107 ming kv metrdan iborat hududning 40 ming kv metri avtoturargoh uçun ajratilgan. Majmua 10 dan ortiq kafe-restoranlar, fitnes zallar, avtomobil yuviş şoxobçalari, biznes markazlar, tijorat dökonlaridan taşkil topgan. Dunyoning taniqli brendlarini olib kiriş böyiça ayni paytda hamkorlik işlarini olib boryapmiz.

“KOÇ Construction” bilan işlayotganimizning asosiy sababi – bu kompaniyaning sifatli quriliş işlari va işni öz muddatida bajarişi bizga ma’qul böldi”, — deydi Centris Towers loyihasi vakili Maqsad Mansurov.

“KOÇ Construction” kompaniyasi boş direktori örinbosari Rejai Odabaş bu hamkorlikdan mamnun ekanligini aytdi:

“Özbekistonda 6 yildan beri faoliyat körsatayotgan Sarıkoç Holding va “KOÇ Construction” tomonidan Toşkent markazida bu gözal loyihaning amalga oşirilayotganidan bağoyat mamnunmiz va bundan faxrlanamiz. Kompleksimiz 6 blokdan iborat bölib, jami maydoni 115 ming metr kvadratdan iborat. Toşkentga yaraşadigan biznes markazini bunyod etişdan va bu quvonçni Toşkent xalqi bilan baham körayotganimizdan ğururlanamiz. Kelajakda Toşkentning iqtisodiy hayotiga ijobiy ta’sir körsata oladigan loyihani amalga oşirdik, degan umiddamiz.

Mazkur binoni 2025 yilning oxirigaça qurib bitirişni rejalaştiryapmiz. Oçiliş marosimi bilan bir vaqtda sotuvlarimiz ham boşlandi. Özbekiston işbilarmonlarini bu yerga taklif qilamiz va kompleksdan ofis sotib olişlarini tavsiya etamiz”.