Ukraina Rossiya bilan navbatdagi almaşinuv çoğida halok bölgan 100 nafar himoyaçining jasadlarini qaytardi, deb xabar berdi Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab 15 mart, juma kuni.
Xabarda aytilişiça, jasadlarni qaytariş ştabning SBU huzuridagi Birlaşgan markaz, Ukraina Içki işlar vazirligi, Ukraina Qurolli Kuçlari, Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati va boşqa tuzilmalar bilan özaro hamkorligi tufayli amalga oşirilgan. Alohida ştab Xalqaro qizil xoç qömitasiga yordam uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Himoyaçilarimizning jasadlari şaxsi aniqlangaç, munosib dafn qiliş uçun oilalariga topşiriladi», — deyiladi muvofiqlaştiriş ştab xabarida.
Rossiya Davlat dumasi deputati Şamsail Saraliyevning RBK’ga aytişiça, Rossiya tomoni Ukrainadagi uruşda halok bölgan 69 nafar askarning jasadini olib ketgan.
Avvalroq Ukraina va Rossiya örtasida halok bölgan harbiylarning jasadlari 16 fevral kuni almaştirilgan edi. Öşanda Kiyev 58 jasad qaytarilgani haqida xabar bergan, Rossiya tomoni esa, Saraliyevning sözlariga köra, 61 jasadni topşirgan.









