Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanida Navröz bayrami sayli ötkazilayotganida gazballon portlab ketgan. Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, Kökdala tumanida ötkazilayotgan sayilda gaz çaqnaşi natijasida gazballon portlab ketgan. Holat 18 mart kuni sodir bölgan.
Portlaş oqibatida 37 kişi yonğin tufayli turli darajada jarohat olib, şifoxonaga olib kelingan. Ularning 7 nafari statsionar tartibda şifoxonaga yotqizilgan, 17 nafarining ahvoli qoniqarli bölgani bois ambulator körikdan ötkazilib, tibbiy yordam körsatilgan, 13 nafarida tan jarohatlari aniqlanmagani sababli tibbiy körikdan keyin uyiga qaytarilgan.
Holat yuzasidan Kökdala tuman prokururaturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







