18 mart kuni hududlardagi senatorlar, mahalliy kengaşlarning doimiy komissiyalari raislari hamda kotibiyat mudirlari iştirokida navbatdagi onlayn uçraşuv bölib ötdi. Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan belgilangan çora-tadbirlarni manzilli örganiş hamda samarali nazoratni amalga oşiriş masalalariga e’tibor qaratilgan. Seminarni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib borgan.
Ma’lum qilinişiça, seminarda bugungi kunda mahalliy kengaşlar faoliyatida uçrayotgan ayrim muammoli masalalar körib çiqilib, ularni bartaraf etiş böyiça vazifalar kelişib olingan. Mahalliy kengaşlar faoliyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan dasturlarning ijrosi ustidan samarali nazorat örnatiş masalalariga yetarli e’tibor qaratilmayotganligi ta’kidlab ötilgan.
Senat raisi, mahalliy kengaşlar tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar va loyihalar ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oşiriş, qolaversa ularning amalga oşirilişida yaqindan kömaklaşiş böyiça işlab çiqilgan mexanizm asosida işlarni taşkil etiş, bunda kengaş, uning kotibiyati doimiy komissiyalari hamda deputatlar oldidagi vazifalar yuzasidan batafsil tuşuntiriş berib ötgan.
Mazkur tizim asosida endilikda prezident hujjatlarida, hukumat qarorlarida tegişli “yöl xaritalari”da va boşqa qonunçilik hujjatlarida hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar, amalga oşiriladigan loyihalar manzilli biriktiriladi. Deputatlar tomonidan uşbu vazifalar ijrosi ustidan nazorat örnatilişi bilan birga, ularning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişida ijro hokimiyatiga amaliy yordam ham körsatiladi.

Bu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar har çorak yakuni böyiça tegişli tuman, şahar viloyat kengaşlari va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi majlislarida tanqidiy muhokama qilib boriladi. Joylardagi muammolarni mahalla yettiligi bilan birgalikda “tuman – viloyat – respublika” darajasida kötarib çiqiş hamda hal etiş tizimi yölga qöyiladi.
Uçraşuvda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini yölga qöyiş masalalari yuzasidan tegişli taklif va tavsiyalar bildirilgan.












