"Kabar" Qirğiziston milliy axborot agentligi "Elektr stansiyalar" OAJ ma’lumotiga tayanib ma’lum qilişiça, suv oqimi sekundiga 165 kub metr, oqim tezligi esa sekundiga 423 kub metrni taşkil qilmoqda. Ötgan yilning uşbu davrida suv hajmi 7 milliard 898,45 million kub metrni, suv sarfi sekundiga 286 kub metrni, oqim esa 198 kubometrni taşkil etgan edi.

"Töqtöğul" suv ombori ötgan asrning 70-yillari örtalarida qurilgan bölib, Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston va Qozoğistonda suv iste’moliga ta’sir körsatmoqda. Suv omborining loyihaviy hajmi 19,5 milliard kub metrga teng.

"Kabar" xabariga köra, avvalroq Qirğiziston energetika vazirining örinbosari Talaybek Baygaziyev "Töqtöğul" suv omboridagi suv hajmi "ölik" darajaga yetişi xavfi haqida ma’lum qilgan. Uning aniqlik kiritişiça, "ölik" hajm salkam 6,5 milliard kub metrni taşkil qiladi.

2024 yilda "Töqtöğul" suv omboridagi vaziyat sönggi 5 yildagi eng oğir holatga kelib qolgan. 2 fevral kuni Bişkekdagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi va Qirğizistondagi gidroelektr stansiyalar yukining oşişiga sabab böldi. Şuningdek, bu mazkur suv omboridan suvning çiqiş hajmini keskin orttirdi.