Qozoğiston va Özbekiston iste’mol qilingan suvning aniq miqdorini hisoblaş imkonini beruvçi hisoblagiçlarini örnatiş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Qozoğiston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligiga tayanib Kazinform xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Qozoğiston Özbekiston hududida suv hisoblagiç örnatsa, Özbekiston tomoni Qozoğistonda öz qurilmalarini örnatadi. Tomonlar, şuningdek, onlayn tarzda axborot almaşadi. Qozoğiston Özbekiston hududida, Özbekiston tomoni esa Qozoğistonda töplangan ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatiga ega.
Bu şartnoma, avvalo, geografik jihatdan daryolar manbasidan taşqarida joylaşgan mamlakat manfaatlari uçun juda muhimligi ta’kidlanmoqda.
Endi ikki davlat mutaxassislari suv hisoblagiç örnatiladigan joylarni kelişib olmoqda. Loyihaga xalqaro taşkilotlarni jalb etiş böyiça ham muzokaralar olib borilmoqda.
«Suv hisoblagiçlarini örnatiş har ikki davlat tomonidan iste’mol qilinadigan suv miqdorini onlayn nazorat qiliş imkonini beradi. Aprel oyida biz boşqa qöşni davlatlar bilan ana şunday loyihalarni amalga oşiriş böyiça muzokaralarni boşlaş niyatidamiz», dedi Qozoğiston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov.













