Özbekiston va Qirğiziston davlat çegarasida ikkita yaşirin yerosti yöli aniqlandi.
Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Xonobod şahrining «A.Navoiy» MFY hududini Qirğizistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qişloği bilan boğlovçi ikkita yaşirin yerosti yöli aniqlangan.
Ular orqali tovar-moddiy boyliklarni mamlakatga olib ötiş bilan şuğullangan Özbekiston va Qirğiziston fuqarolaridan iborat transçegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgan.
Dastlab Qirğiziston fuqarosi yerosti yöli orqali Özbekistonga 16 ta qopda jami 813 dona mobil telefon vositalarini olib ötib, 1 kilogramm 745 gramm miqdoridagi oltin yombilari va zargarlik buyumlarini olib çiqib ketmoqçi bölgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, uning Andijon şahridagi boşqa şeriklari aniqlangan. Ularga tegişli 10 ta manzil közdan keçirilganida, mazkur yerosti yölaklari orqali olib ötilgan mobil telefon apparatlari, planşet, noutbuk va ularning aksessuarlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Qayd etilişiça, har ikki yer osti yöli 20 metr çuqurlikda joylaşgan, kengligi 70-80 santimetr, balandligi 170-180 santimetrni, birinçisining uzunligi 350 metrni, ikkinçisiniki esa 135 metrni taşkil qiladi.
Tezkor tadbir davomida guruh a’zolaridan dastlabki qiymati 11 mlrd sömni taşkil etuvçi jami 3813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planşet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, şuningdek 1 kilogramm 745 gramm oltin yombi va zargarlik buyumlari olingan.


Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








