2024 yil 21 mart kuni A-373 «Toşkent – Öş» avtoyölining Qamçiq dovonidan ötgan qismida qor yoğişi mumkin.
«Özgidromet» xabariga köra, şu kuni dovonda vaqti vaqti bilan kuçli yoğingarçilik va tuman kuzatilişi, körinuvçanlik 50 metrgaça pasayişi, şamol tezligi 18-23 m/s gaça kuçayişi natijasida avtoyölda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelişi mumkin.
2024 yil 21-27 mart kunlari kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining özgarişlari sababli respublikaning toğli hududlarida, jumladan:
- Qaşqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamaşi, Şahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqörğon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qöşrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toşkent viloyati: Böstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Çotqol tizmasi toğlari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor köçiş xavfi e’lon qilinadi.













