«Özgidromet» 25 mart, duşanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi +11...+13 daraja, kunduzi +23...+25 daraja böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 va 28 martda ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +5...+10 daraja, kunduzi +23...+28 daraja böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 26 va 28 martda ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Harorat keçasi +9...+14 daraja, kunduzi +23...+28 daraja böladi.

Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja böladi.

Respublikaning toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Qor köçişi xavfi bor. Şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi +3...+8 daraja, kunduzi +12...+17 daraja böladi.