Ğazodagi vaziyat

Nihoyat, neçançidir urinişdan söng BMT Xavfsizlik kengaşi Ğazoda ramazon oyida öt oçişni zudlik bilan töxtatişga çorlovçi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu — yaxşi xabar. Yomoni — Isroil bu rezolyutsiyani nazar pisand qilmoqçi emas.

Hujjat 25 mart kuni qabul qilingan. Unda garovga olinganlarni zudlik bilan va sözsiz ozod qiliş hamda Ğazoga «şoşilinç yordam oqimini kengaytiriş zarurligi» talab qilingan. Xavfsizlik kengaşining 15 a’zosidan 14 tasi rezolyutsiya uçun ovoz bergan, AQŞ buni yoqlamagan bölsa-da, haytovur veto qöymagan.

HAMAS BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyasi qabul qilinganini olqişladi va öt oçişni faqat ramazon oyida emas, doimiy töxtatiş zarurligini ta’kidladi. HAMAS harakati, şuningdek, Isroil bilan asirlar almaşişga zudlik bilan kirişişga tayyor ekanini bildirgan. 

Isroilning reaksiyasi

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞning bu harakati avvalgi pozitsiyasidan «aniq çekiniş» ekanini va Isroilning harbiy harakatlariga hamda HAMAS tomonidan uşlab turilgan 130 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilişga urinişlariga zarar yetkazişini ta’kidlagan.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant esa Ğazo sektoridagi janglarni töxtatişga «ma’naviy haqqi» yöqligini aytgan.

«Ğazo sektorida garovga olinganlar qolayotgan paytda uruşni töxtatişga ma’naviy haqqimiz yöq. Ğazo sektorida hal qiluvçi ğalabaga erişa olmaslik bizni şimoldagi uruşga yaqinlaştirişi mumkin», — degan Galant.

Isroil taşqi işlar vaziri Isroil Kats BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyasiga qaramasdan, barça garovdagilar ozod qilinmas ekan, armiya harbiy harakatlarni bir daqiqaga ham töxtatmasligini bildirdi.

AQŞning BMT qoşidagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild BMT Xavfsizlik kengaşining Ğazo böyiça bu rezolyutsiyasi majburiy emas, tavsiyaviy xarakterga ega ekanini aytgan. Bunga javoban Rossiyaning doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQŞlik hamkasbi BMT Nizomini oçib öqib körişi kerakligi, BMT Xavfsizlik Kengaşining barça rezolyutsiyalari bajarilişi şartligini eslatgan. BMT Boş assambleyasi rezolyutsiyalari tavsiyaviy xarakterga ega. 

Qizil dengizdagi vaziyat

Husiyçilar Qizil dengizda Rossiya va Xitoyga tegişli kemalarga aslo hujum qilmaslik töğrisida bergan va’dalarini buzib qöyganga öxşayapti.

Bu har ikki davlatga aloqador tanker jangarilarning hujumiga uçragan. Bloomberg naşrining yozişiça, husiyçilar ötgan şanba kuni Xitoy kompaniyasiga tegişli Huang Pu kemasiga raketa bilan zarba berişgan va kemada yonğin kelib çiqqan. Voqea qurbonlarsiz tugagan. Uşbu kema Rossiya portidan Rossiya neftini ortib kelayotgan bölgan.

Husiyçilar Isroil bilan boğliq kemalargagina hujum qilayotganini ta’kidlab kelişadi. Özlari yoki ularga yordam berayotgan Eron kemalarning tegişliligi böyiça ma’lumotlar bazasidan foydalanişadi va bu u qadar şaffof soha hisoblanmaydi. Boz ustiga kemalar qöldan-qölga ötgan bölişi, registratsiya özgargan bölişi ham mumkin. Husiyçilar bunisini hisobga olmaydi.

Ğarbdagi harbiy manbalar yamanlik husiyçilarning AQŞ aviataşuvçi kemasiga hujumi çoğida bir nafar amerikalik askar halok bölganini xabar qilgan. Amerika harbiy kemasiga qarata 20 dan ortiq raketalar va dronlar uçirilgan. Oqibatda bir askar halok bölgan va uç kişi yaralangan. 

Putin terakt haqida

«Bundan kim manfaatdor ekani qiziq», degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan yiğilişda.

«Terakt radikal islomçilarning qöli bilan amalga oşirilganini bilamiz. Bizni buyurtmaçi kim ekani qiziqtiradi. Terakt 2014 yildan buyon Kiyev rejimining qöli bilan bizga qarşi uruşayotganlar uçun ayni muddao bölişi mumkin. Natsistlar har qanday iflos işlardan tap tortmay foydalanişadi. Ustiga-ustak, hozir ularning qarşi hujumi barbod bölgan vaqt», degan Putin.

Putinga köra, ularning bundan közlagan maqsadi Kiyev rejimi hali mavjudligini körsatiş, oxirgi ukrainalik qolguniga qadar jang qiliş.

«AQŞ har xil kanallari orqali göyoki öz razvedka ma’lumotlariga köra hammani teraktga Ukrainaning aloqasi yöqligiga işontirmoqçi. Ular hammasini Rossiyada taqiqlangan IŞID qilganiga işontirmoqçi. Bir savolga javob topiş kerak: terrorçilar jinoyatni qilgaç, nega Ukraina tomonga qarab qoçgan? Ularni u yerda kim kutib turgan?» — degan Putin.

Garçi terrorçilarning uşlangan joyi Belarus çegarasigaça 43 km, Ukraina çegarasigaça 118 km bölsa-da, Rossiya tomoni negadir nuqul terrorçilar Ukrainaga qoçmoqçi bölganini rökaç qilmoqda. Ukrainadagi harbiy tösiqdan oson ötgan taqdirda ham, Rossiya hududini tark etiş oson emas-ku?

Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Piyer Moskva ostonasida röy bergan teraktda Ukrainaning aloqadorligini bildiruvçi birorta isbot-dalil yöqligini ta’kidlagan edi.

Bu orada Moskvadagi Basmanniy rayon sudi «Crocus City Hall»dagi terakt böyiça yana uç kişini qamoqqa oldi. Tojikistonlik fuqarolardan biri terrorçilar harakatlangan «Reno»ning egasi bölgan, qolgan ikkisi — uning otasi va akasi.

Aka-uka Dilovar va Aminjon Islomovlar, şuningdek, ularning otasi Isroil ikki oy muddatga, 22 mayga qadar qamoqqa olingan. Ularning uçalasiga nisbatan uyuşgan guruh tarkibida insonlar ölimiga olib kelgan terakt sodir etiş moddasi qöllangan. Aka-ukalarga ayblov e’lon qilingan, ularning otasi hozirça gumonlanuvçi maqomida qolmoqda. 

Ukrainada Telegramʼni çeklaşmoqçi

Ukrainada Telegram messenjerida Rossiya propagandasini çeklaş töğrisida qonun qabul qilinişi mumkin. Deputatlar Telegram messenjeriga kontentni öçiriş va kanallarni bloklaş majburiyatini yuklamoqçi

«Ukrainaliklarning 72 foizi axborot oliş uçun foydalanadigan platforma qamrovi kamroq bölgan boşqa ommaviy axborot vositalaridan kam bölmagan tarzda tartibga solinişi kerak», — deyiladi qonun loyihasiga tuşuntiriş xatida.

Oliy Radaga kiritilgan qonun loyihasiga köra, TV va radioeşittiriş milliy kengaşi talabiga köra messenjer kanallardagi kontentni öçirişi, şuningdek kanallar va ayrim foydalanuvçilarni bloklaşi lozim böladi. Axborotdan umumiy foydalaniş platformalari provayderlari media sohasidagi alohida sub’yektga tenglaştiriladi va ular Ukrainada öz vakolatxonasini oçişga majbur böladi. Bundan taşqari, ular mulk va moliyalaştiriş tuzilmasini körsatişlari kerak böladi. 

Yevropada uruş kölankasi

Rossiyaning zarbasini eng birinçi qabul qilib olişi mumkin bölgan Boltiqböyi davlatlari yetakçilari NATO a’zolarini muddatli harbiy xizmatni tiklaşga çaqirgan, deb yozadi Financial Times.

Latviya va Estoniya prezidentlari Yevropaning boşqa davlatlarini Rossiya tomonidan böladigan harbiy tahdidga tayyorlaniş uçun köproq işlar qiliş, çunonçi, armiyaga çaqiruvni tiklaşdan boşlab, harbiy xarajatlarni keskin oşiriş uçun maxsus soliq joriy etişga çaqirgan.

Yevropada harbiy majburiyat tiklanmoqda. Latviya uni ötgan yili tiklagandi, Litva va Şvetsiya yaqinda tiklagan. Estoniya, Finlandiya va Norvegiya «sovuq uruş» davridan buyon uni bas qilmagan, Daniya esa ayollarni ham erkaklar qatori harbiy xizmatga majbur qilişni taklif etgan.