MMTV mas’ullari bilan ötgan anjumanda ijtimoiy tarmoqlarda yangi avlod darsliklarining xatoliklari hali ham muhokama qilinayotgani, bunga vazirlik qanday munosabat bildirişi va uni bataraf etişda nimalar qilişi yuzasidan savol berildi. Vazir maslahatçisi Azizbek Turdiyev kamçiliklar böyiça katta baza qilinayotganini aytdi.
“Hammasini yiğib boryapmiz, bu nafaqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan, balki özimizning mutaxassislarimiz tomonidan ham darsliklar sinçiklab qayta körib çiqilyapti.
Şu kunlarda katta platformani işga tuşiryapmiz, [bu] aynan [darsliklardagi] xatoliklarga bağişlangan böladi. Şu kungaça naşr qilingan va endi naşr etilajak darsliklarni ham şu platformada e’lon qiliş ustida işlayapmiz”, – dedi u.
Qayd etilişiça, şu yöl orqali endi işlab çiqilayotgan darsliklardagi xato-kamçiliklar kamayadi. U mavjud xatolarni bartaraf etiş uçun hamma darsliklar kesimida işga tuşiriladi. Keyinçalik naşr qilinadigan darsliklar ham şu platformaga joylanişi aytildi. Hozirça uning ustida iş olib borilmoqda, platforma yaqin kunlarda omma e’tiboriga havola etilişi kutilyapti.
Şuningdek, Azizbek Turdiyev darsliklardagi ayrim masala va maşqlar murakkabligiga oid savolga ham javob berarkan, bunga hozir baho beriş xato ekanini aytmoqda.
“Bu darsliklarni öquvçilar öqisin, oradan biroz vaqt ötsin. Har qanday qilingan işning natijasi, albatta, tahlil qilinadi. Bugun murakkab deb atalayotgan jarayon ham ertaga mutaxassislar tomonidan tahlil qilinadi. Agarda haqiqatan murakkab böladigan bölsa, buning çorasi köriladi, agar “yöq, bugun dunyo standarti şu tajribani taqozo etyapti” deyilsa...
Bizda köp tadqiqotlar bölyapti, mana, PISAʼga tajriba-sinov tariqasida 83 ta maktab [qatnaşdi], keyingi yil yana 200 dan ortiq maktab [qatnaşadi]. Mana şu jarayonlarda öquvçilarimizning asosiy berilayotgan e’tirozi: “faqat javob beradi-da, lekin javobini izohlay olmayapti”, deyapti-da, sodda qilib aytganda. Biz kiritayotgan maşq-misollar öquvçilardan ham maşqni yeçiş, ham uni izohlaş, könikmani oşiriş, olgan bilimini amaliyotda qöllaş salohiyatini şakllantiradi. Şu ma’noda hozir tajriba qilinyapti”, dedi u.















