Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumanidagi 3 ta maktabning ayrim pedagoglari UzASBO tizimidagi texnik masalalar tufayli 5 oydan beri tegişli ustamalarni ololmay kelyapti.

Tumanning Paxtalisoy mahallasida joylaşgan 47-, 48- va 51-maktablarda boşqa tumanlardan qatnab işlaydigan öqituvçilar bor. Ularga yanvar oyidan boşlab yöl-transport xarajatlari uçun ustama beriş töxtatib qöyilgan.

“Ayol boşimiz bilan erta tongdan soat 5-6 larda qişning qattiq sovuği-yu, jazirama issiqlarda 3-4 ta transport almaşib, taxminan 150 km masofa yöl bosib, iş joylarimizga yetib boramiz va yana şunça masofa yöl bosib uyga qaytamiz”, – deyiladi öqituvçilarning Kun.uz'ga yöllagan murojaatida.

Ular bir neça marta prezidentning virtual qabulxonasiga va bir marta maktab vaziri Hilola Umarovaga xat orqali murojaat qilişgan. Lekin natija bölmagan.

Ustozlarga köra, muammoning yuzaga kelişi – avval Çiroqçi tumani tarkibida bölgan “Paxtalisoy” MFY yangi taşkil etilgan Kökdala tumani tarkibiga ötkazilgani bilan boğliq.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, xalq deputatlari Çiroqçi tumani kengaşining 2021 yil 18 noyabrdagi qaroriga asosan, Çiroqçi tumanidagi 32 ta mahalla fuqarolar yiğinlari, jumladan, “Paxtalisoy” MFY yangi taşkil etilgan Kökdala tumani tarkibiga ötkazilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi qarori bilan tasdiqlangan olis hududlar röyxatida esa, “Paxtalisoy” MFY Çiroqçi tumani tarkibida körsatilganiça qolmoqda. Uşbu holatda, tuman kengaşining qarori bilan, 2025 yil yanvarigaça ustamalar tölab kelingan.

“UzASBO dasturidagi tegişli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingani orqali iş haqi tölovlarida moliyaviy xato va kamçiliklarning oldini oliş maqsadida, “Paxtalisoy” MFY Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 471-sonli qarori bilan tasdiqlangan röyxatga asosan Kökdala tumani tarkibiga kiritilmagani sabab, uşbu MFYga boşqa hududdan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama tölovlari tölanişi avtomatik ravişda töxtatilgan”, – deyiladi rasmiy izohda.

MMTVga köra, hozirda tegişli taşkilot va idoralar bilan olis hududlar röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflar tayyorlanmoqda. Hukumat qaroriga özgartiriş kiritilgandan keyin ustama tölovlari tölanişi davom ettiriladi.