Boğça bolalariga nisbatan zöravonlik holatlari uzoq yillardan beri dolzarb muammo bölib qolyapti. Qoniqarli özgariş bölmayotganini statistik raqamlar ham tasdiqlaydi. Xöş, rasmiylar vaziyatni qanday köryapti, tizimli yeçimlar kun tartibida bormi?
Biz bundan ikki yil avval ham boğçalarda bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari, uning sabab va oqibatlari haqida suhbat qilgan edik. Öşanda kaltaklanayotgan, tan jarohati olayotgan bolalar mavzusi kun tartibida bölgan. Bugun esa masala yanada oğirlaşgan – gap nafaqat jismoniy zöravonlik, balki jinsiy tazyiq, bolalarning bee’tiborlik oqibatida jabr körişi va hatto fojiali holatlar haqida bormoqda.
Zöravonlik holatlari: raqamlar nimani körsatyapti?
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ta’kidlaşiça, 2024 yilda kelib tuşgan murojaatlarning deyarli har beştasi zöravonlikka oid bölgan va uşbu murojaatlarning 28 foizi aynan ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan sodir etilgan holatlarga töğri keladi. 2025 yilda ham vaziyat jiddiyligiça qolgan.
«2025 yilda bizga tergov organlaridan 512 ta xabarnoma kelgan. Bu xabarnomalar aynan bolaga nisbatan sodir etilgan turli holatlar yuzasidan. Şu örinda aytişim kerak, bizga bölayotgan murojaatlar natijasida örganilgan har bir holat böyiça biz davlat organlariga sörovlar kiritamiz va buning natijasida 2025 yil hisobidan 19 ta jinoyat işi va 26 ta ma’muriy iş qözğatilgan, aynan bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari böyiça. Bundan taşqari, 20 ta jinoyat işini qözğatişni rad qiliş töğrisidagi qarorlar bekor qilinib, bu masalada Bolalar ombudsmanining aralaşuvi bilan tergovga, tergovga qadar tekşiruvga qaytarilgan va örganilib, bu böyiça töğri qaror qabul qilingan.
Tasavvur qiling, 20 ta jinoiy ta’qib bölmasdan, yopiqligiça qolişi mumkin bölgan holatda Bolalar ombudsmanining taşabbusi bilan şu bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş çoralari körilgan», deydi u.
Kadrlar masalasi: pedagog bola bilan işlaşga tayyormi?
Maktabgaça ta’lim sohasida işlagan anonim manba ta’lim muassasalaridagi mutaxassislarning psixologik tekşiruvlarida yetarli e’tibor yöqligini aytdi.
















