Qozoğistonda 4 mingga yaqin turar joy va hovli toşqinlar tufayli suv ostida qoldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi Yerasil Saypaş ma’lum qildi.

«Atirau, Aqtöbe, Aqmola, Qostanay, Şimoliy Qozoğiston viloyatlarida 3 444 ta uy va 336 ta hovli maydonlari suv ostida qolgani aniqlangan. Suv ostida 105 ta avtomobil yöli, jumladan 8 ta köprik va 97 ta yöl qoplamasi qolgan. Transport aloqasi mavjud bölmagan 69 ta aholi punkti nazoratga olindi», dedi Yerasil Saypaş.

Uning sözlariga köra, Respublika va tezkor ştablar faoliyatini davom ettirmoqda. Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş uçun barça kuç va vositalar safarbar etilgan.

«Suv toşqin boşlanganidan buyon 96 472 kişi, jumladan 31 640 nafar bola qutqarib olindi. 2823 kişi, jumladan, 865 nafar bola xavfsiz joyga olib ketildi. Vaqtinçalik joylaştiriş markazlariga 7 605 kişi, jumladan, 3 474 nafar bola joylaştirildi», dedi Saypaş.

Uning ta’kidlaşiça, qariyb 83 ming boş qoramol xavfsiz joyga haydalgan.

«Jabrlangan hududlarga 167 935 kg gumanitar yordam yetkazildi. Birlaşgan kuçlar yordamida 8,5 million kub metrdan ortiq erigan qor suvi olib taşlandi. 1,3 million qop va 1,1 million tonna inert material yotqizildi. 2750 ta turar-joy va 1816 hovlidan suv çiqarildi. Avariya-qutqaruv işlariga keçayu kunduz 24 295 kişi, 2655 ta texnika, 469 ta suv nasosi va 139 ta suzuvçi, 10 ta havo transporti safarbar etildi», dedi boşqarma vakili.

Avvalroq, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatdagi toşqinlar sönggi 80 yildagi eng katta tabiiy ofat bölganini aytgan edi.