2024 yil 8 aprel kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudida şahvoniy şilqimlikda ayblangan yigitga nisbatan sud hukmi öqildi.
Gazeta.uz xabariga köra, 2024 yil 1 aprel kuni soat 14:10 larda Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi metroning «Çilonzor» yönalişidagi elektropoyezd vagoni içida 2003 yilda tuğilgan fuqaro A.N. öziga notaniş bölgan ayolning bel va tanasining boşqa qismlarini qöli bilan uşlagan.
Sud majlisida söralgan huquqbuzar A.N. özining yuqorida körsatib ötilgan holatdagi aybiga iqrorligini, haqiqatdan ham ayolning belidan past qismini qöli bilan uşlaganini, hozirda qilmişidan puşaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan yengillik berişni söradi.
Sud tomonidan A.N. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan (Şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va unga nisbatan 5 (beş) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.








