Kia Sonet – zamonaviy şahar krossoveridir. Uzunligi – 4 120 mm, kengligi – 1 790 mm va balandligi – 1 625 mm ga teng bölgan ixçam ölçamlariga qaramay, Sonet 392 litr hajmdagi yetarliça keng yukxonasiga va 205 mm ga teng klirensga ega, bu esa haydovçiga deyarli har qanday vaziyatda özini işonçli his qiliş imkonini beradi.

Uşbu sönggi urfdagi krossover zamonaviy dizayn, qulaylik va ilğor texnologiyalarni taklif etadi. Sonet’ning intereri köplab jozibali yeçimlarga ega. U özida sönggi urfdagi  «integratsiyalaşgan» qurilmalar paneli va multimedia tizimining ekranini, rangni tanlaş imkoniyatiga ega bölgan interer zonalarining yoritilişini, mobil qurilmalarni simsiz zaryadlaş paneli va USB ulagiçlarining mavjudligini uyğunlaştiradi. Sonet, şuningdek, ixçam krossoverlarda kamdan – kam hollarda uçraydigan premium toifasidagi Bose audio tizimini taklif etadi.

Kia Sonet – ajoyib muvozanatga ega va texnik jihatdan mukammal avtomobil bölib, vaqt sinovidan ötgan, maksimal quvvati 115 ot kuçiga teng bölgan tört silindrli 1,5MPI benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel olti poğonali mexanik transmissiya yoki avtomatik uzatiş qutisiga taqlid qilauvçi va dvigatel aylanişlarini optimal oraliqda saqlaydigan  «intellektual» variatorli IVT bilan juftlikda işlaş imkoniga ega. Şuningdek, avtomobilni haydaş uslubi va yöl şaroitlariga yanada aniqroq moslaştiriş uçun harakatlaniş rejimlarini tanlaş tizimi mavjud. Kia Sonet’ning barça taqdim etilayotgan komplektatsiyalari – old privodga ega.

Komplektatsiyalar va narxlar

Classic – uşbu komplektatsiyada krossover olti bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Avtomobilning 100 km/soat tezlikka tezlaşişi 10,6 soniyaga teng, kombinatsiyalangan sikldagi yoqilği sarfi 6,5 l/100 km. Sonet Classic konditsioner bilan jihozlanadi, örindiqlar kombinatsiyalangan (mato/sun’iy çarm) qoplamga ega. 215/60R16 şinali ştamplangan pölat diskli 16 dyuymli ğildiraklar örnatiladi. Modelning bazaviy komplektatsiyadagi narxi – 189 900 000 söm.

Kia Sonet Luxe