Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev oiladagi zöravonlikka qarşi kuraşga qaratilgan tuzatişlarni imzoladi. Bu haqda Töqayevning matbuot xizmatiga asoslanib, Zakon.kz naşri xabar bermoqda.

Qonun ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlaş böyiça davlat siyosatining huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va taşkiliy asoslarini takomillaştiriş maqsadida işlab çiqilgan. Naşrning qayd etişiça, ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikning har qanday körinişi uçun javobgarlikni kuçaytiruvçi normalar joriy etilmoqda.

Xususan, qonun bilan qasddan badanga yengil şikast yetkaziş va oiladagi zöravonlik uçun jinoiy javobgarlikni közda tutadi (bungaça zöravonlar faqat ma’muriy javobgarlikka tortilgan.). Bunday xatti-harakatni sodir etganlarga jarima, jamoat işlari va qamoq jazolari qöllanişi mumkin. Badanga yengil şikast yetkazganlik uçun maksimal jazo — 50 kungaça, kaltaklaş uçun — 25 kungaça qamaliş mumkin. Qozoğiston içki işlar vaziri örinbosari Igor Lepexaning qayd etişiça, jazoga hukm etilganlar jazoni tergov izolyatorida ötaydi.

Bundan taşqari, jismoniy zöravonlik va voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar, şuningdek, kaltaklaş va badanga yengil şikast yetkaziş töğrisidagi moddalarda nazarda tutilgan harakatlar tomonlar yaraşgan vaqtdan boşlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan holatlarda tomonlarning yaraşuviga imkon berilmaydi. 

Qonun bilan oilaviy zöravonlik qurbonlari uçun maxsus ijtimoiy xizmatlar körsatişga möljallangan oilalarni qöllab-quvvatlaş markazlarini taşkil etiş nazarda tutilgan.

16 yoşga tölmagan şaxslarga nisbatan jinsiy tahqirlaş holatlari uçun jinoiy javobgarlik joriy qilinadi, şuningdek, Qozoğistonda ilk bor voyaga yetmagan şaxslarni, jumladan internetda ta’qib qiliş va qörqitiş (bezorilik, kiberbulling) uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. 

Qonunda öz joniga qasd qilişni tarğib qiliş ham jinoiy javobgarlikka tortilişi belgilangan. 

Majilis (parlamentning quyi palatasi) qonunni 28 fevral kuni qabul qilgan, senat (yuqori palata) tuzatişlarga 11 aprel kuni ovoz bergandi.

  • Ma’lumotlarga köra, Qozoğistonda sönggi tört yarim yil içida oiladagi zöravonlikdan 869 kişi halok bölgan. Oğir tan jarohati yetkaziş böyiça 2086 ta holat qayd etilgan. 2023 yilda huquq-tartibot organlariga oilaviy zöravonlik böyiça 100 mingga yaqin murojaat kelib tuşgan. Bu sönggi beş yilga nisbatan uç barobar köpdir.