«Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça davlat dasturlarini şakllantiriş va amalga oşiriş jarayonlarini samarali taşkil etişning qöşimça çoralari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, Özbekistonning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalaştiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard sömdan yuqori bölgan obektlarni quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini körib çiqiş vakolatiga ega loyiha ofisi taşkil etiladi.
Şuningdek, quyidagi tartiblar örnatiladi:
- 2025 yil 1 yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş, quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş va obektlarni foydalanişga qabul qilişda quriliş xarajatlarni baholaşning «hajm» uslubiga (hajm va sifat körsatkiçlarini hisobga olişga) ötiladi;
- 2024 yil 1 iyuldan obektlarning smeta qiymati «Quriliş resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ma’lumotlari asosida şakllantiriladi;
- 2024 yil 1 oktyabrdan qurilişi tugallangan obektlarni foydalanişga qabul qiliş jarayoni raqamlaştirilgan holda, «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimining «Qurilişda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylaştiriladi.







