Prezident Şavkat Mirziyoyev 1 may kuni uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlari va köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Faol muloqotlar barça darajalarda davom etayotgani, tovar ayirboşlaş hajmi, qöşma loyiha va korxonalar, töğridan-töğri aviaqatnovlar soni köpayib borayotgani, Turkiyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida energetika, konçilik, oziq-ovqat, töqimaçilik va boşqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilayotgani qayd etildi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining bölajak navbatdagi yiğilişi kun tartibini tayyorlaş, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almaşinuv dasturini şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.









