2024 yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatida Chery avtomobil brendining Özbekistondagi rasmiy distribyutori bölgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taşkil etilgan navbatdagi With Chery With Love (WCWL) tadbiri ötkazildi.

Tadbirda Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidan bölgan Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sohiblari iştirok etdilar.

Buxoro şahridan boşlanib “Bukhara Desert Oasis”gaça bir soat davom etadigan qariyb 50 km masofalik marşrut turli yöl qoplamalari öz içiga olgan edi. Marşrut davomida avtomobillar sohiblari ham ravon asfalt yöllarni, şağalli va qumli qismlarga ega bölgan murakkab jabhalarni ham bosib ötdilar. Bu krossoverlarning turli xil yölsizlik şaroitlarida ötuvçanligi, boşqariluvçanligi va umumiy çidamliligini sinab köriş va mintaqada mavjud bölgan murakkab yöllarda sayohat uçun işonçliligiga amin böliş imkonini berdi.

Faol dam oliş şinavandalari uçun kvadrosikllarda, tuyalarda va otlarda qiziqarli sayohatlar taşkil etildi. Bu tadbirlar mehmonlarga özini tadqiqotçi va kaşşof sifatida his qiliş, atrofdagi tabiatning gözalligidan bahramand böliş va energiya olişlari imkonini yaratdi.

Milliy oşpazlik an’analariga alohida e’tibor qaratildi. Katta pazandalik musobaqasi ötkazilib, unda mehmonlar milliy taomlarni tayyorlaş böyiça öz mahoratlarini namoyiş etdilar va taom tayyorlaş sirlari bilan örtoqlaşdilar. Pazandalik musobaqasi iştirokçilari tomonidan tayyorlangan turli xil taomlar tatib körilgandan söng, ularning barçasi şu qadar mazali çiqqanligi sababli, ğolibni aniqlaş imkonsizligi, musobaqada esa döstlik ğalaba qozongani ma’lum böldi.

Markaziy maydonda yorqin köngiloçar dastur namoyiş etildi. Professional boşlovçi va didjyey otaşin ritmlar orqali bayramona muhitni yaratdilar. Immersion teatr tomoşabinlarni milliy afsonalar va an’analarning maftunkor olamiga çömdirib, ularga voqealarning bevosita iştirokçisiga aylaniş imkonini berdi.















