«Ziki eski şahar» laqabi bilan tanilgan va 2023 yil dekabr oyida ötkazilgan reyd çoğida hibsga olingan Lutfulla Umarovga nisbatan hukm öqildi.
Sud hukmi hujjatiga köra, sudlanuvçi 2023 yil may oyi oxirida Toşkent şahridagi jarlik hududidan 12 dona köknori ösimligi boşoqlarini topib, şamollaşga qarşi dori deb döstiga saqlaş uçun bergan.
7 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tanişining xonadonini közdan keçiriş çoğida umumiy massasi 9,64 gramm bölgan, tarkibida opiy guruhiga mansub bölgan alkoloidlar (kodein, tebain) bölgan köknori boşoqlari aniqlangan.
Lutfulla Umarov Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab köp bölmagan miqdorda qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki jönatiş, şuningdek ularni köp bölmagan miqdorda qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan aybdor deb topilib, 6 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bundan oldin «Salimboy» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev sud hukmiga köra 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U noqonuniy tarzda qurol saqlaşda ayblangan.









