«Çelsi» APLning 36-turida «Vest Hem»ni tor-mor etdi (5:0) va yevrokuboklar yöllanmasi uçun imkoniyatlarini oşirdi

«Çelsi» – «Vest Hem» 5:0
Gollar: 1:0 – 15 Palmer, 2:0 – 30 Gallaxer, 3:0 – 36 Madueke, 4:0 – 48 Jyekson, 5:0 – 80 Jyekson.
«Çelsi» – Petroviç, Çaloba (Gyusto, 83), Tiago Silva (Disasi, 82), Badyaşil, Kukurelya, Gallaxer, Mudrik (Nkunku, 76), Palmer (Gilkrist, 89), Kaysedo, Madueke (Kazadei, 76), Jyekson.
«Vest Hem» – Areolya, Tsoufal, Ogbonna, Zuma, Emerson, Souçek, Lukas Paketa (Kressuell, 76), Alvares (Uord-Prouz, 46), Qudus, Bouen, Antonio (Ingz, 70).
Ogohlantirişlar: Ogbonna (34), Kukurelya (38), Emerson (44), Lukas Paketa (45+2).

«Çelsi» öz maydonida «Vest Hem»ga qarşi derbi öyinida işonçli ğalabaga erişdi. Öyin taqdiri birinçi bölimdayoq hal bölgandi – mezbonlar tanaffusgaça hisobni 3:0 körinişiga keltirdi. Avvaliga Palmer APLning bu mavsumidagi 21-golini urdi va töpurarlar poygasida ikkinçi öringa kötarildi (Holandda – 25 gol). Keyin Gallaher raqib jarima maydonidagi rikoşetdan foydalanib, darvozani işğol etdi. Keyin esa burçak zarbasi amalga oşirilganida Tiyago Silva töpni boşi bilan ötkazib berdi va Madueke öz imkoniyatidan aniq foydalandi.

Nikolas Jyekson APLda vaziyatlardan foydalana olmaslik böyiça uçlikdan örin olgan, ammo tanaffusdan keyin u dubl rasmiylaştirdi. Avvaliga Çaloba himoyaçilar orasidan töpni jarima maydoniga yetkazib berdi, keyin esa Madueke özi ham gol urişi mumkin bölgan vaziyatda töpni Jyeksondan qizğonmadi. Öyin oxirida Jyekson yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketib, aniq zarba berdi. Bu vaziyatda qanot hakami bayroqçasini kötardi, ammo videotakrordan keyin hujumçi töğri holatda töpni qabul qilib olgani oydinlaşdi va gol inobatga olindi.

Bu derbida Bouen öziga xos natija qayd etdi. «Vest Hem» vingerining uçta zarbasi darvoza tösiniga tegdi. Öz navbatida, «Çelsi» sardori Gallaher ham bir bor tösinni poyladi.

E’tiborli tomoni, bu «Çelsi»ning mavsumdagi eng yirik ğalabasi emas. 20 kun muqaddam Poçettino şogirdlari APLda «Everton» darvozasiga javobsiz 6 ta goll yöllagandi.

Fabritsio Romano ma’lumotiga köra, «Vest Hem» bu öyingaça ham boş murabbiy Devid Moyyes mavsum yakunida klubni tark etişi böyiça bir qarorga kelib bölgandi. Poçettinoning ham klubdagi kelajagi savol ostida turibdi. The Telegraph ma’lumotiga köra, agar jamoa yevrokuboklardan biriga yöllanma ololmasa, argentinalik mutaxassis işdan böşatilişi aniq. Ammo «Çelsi» hozir yaxşi formada — jamoa APLdagi oxirgi 12 öyinida faqat bir bor mağlub bölgan va yevrokuboklarga yöllanma beruvçi örinlar uçun kuraşda qolmoqda.