Uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etgan Kuvaytning Gulf General Trading Co. Ltd. kompaniyasi rahbari Iyad Solih Sergeli tumani hokimi Elbek Şukurov bilan muzokara ötkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Muzokaralar çoğida Sergeli tumaniga investitsiyalar jalb qiliş va zamonaviy texnologiyalarni olib keliş, şuningdek, farmatsevtika böyiça işlab çiqarişni yölga qöyiş va Sergeli Mall savdo majmuasini quriş loyihasida iştirok etiş takliflari bildirildi.

Öz navbatida, investor Iyad Solih Sergeli tumanida joylaşgan davlat tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlaş, dunyodagi sönggi texnologiyalar asosida kasallikni erta aniqlaş va taşxis qöyiş texnologiyalarini olib kiriş taklifini bildirdi. Kuvayt vakili köp qavatli turar joy binolarini quriş yönalişida ham hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar özaro hamkorlikning aniq yönalişlarini belgilab oldi va unga investitsiya kiritiş böyiça dastlabki kelişuvga erişdi.