Olti ming xodimga ega makaron işlab çiqaruvçi «Makfa» korxonasi egalari davlat bilan kelişuv bitimi tuzib, kompaniya aksiyalarini sotib olmoqçi. Bu haqda «RBK» internet-naşri 7 may, seşanba kuni advokat Igor Trunovga tayanib yozmoqda.
Şartnoma şartlariga köra, «hozirgi egasi korxonani sotib oladi va davlat uni boşqarişni öz zimmasiga oladi», deb yozadi naşr uning sözlariga tayanib. Bundan taşqari, Trunov ta’kidlaganidek, «Makfa» har yili «maxsus harbiy operatsiya bilan boğliq xayriya maqsadlari uçun» 1 milliard rubl ajratadi. Şartnomadagi uçinçi tomon Federal mulkni boşqariş agentligi bölişi kerak.
Trunov joriy sanksiyalar fonida kompaniyaning davlat boşqaruviga ötişi xorijiy uskunalarga xizmat körsatiş bilan boğliq muammolar tufayli işlab çiqariş töxtab qolişiga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi. Şu sababli, mintaqada non mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelişi mumkin.
Boş prokuraturaning «Makfa»ni milliylaştiriş böyiça da’vosi
28 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Çelyabinsk markaziy tuman sudiga Rossiyaning eng yirik makaron mahsulotlari işlab çiqaruvçilaridan biri bölgan «Makfa» AJ aktivlarini davlat daromadiga aylantirişni talab qilib, da’vo arizasi bilan çiqdi.
Departament ma’lumotlariga köra, bu va boşqa bir qança korxonalar, jumladan, «Smak» va «Çelyabinskoblgaz» korrupsion kelib çiqişga ega, çunki ularning benefitsiarlari – Çelyabinsk viloyati sobiq gubernatori Mixail Yureviç va Davlat dumasi sobiq deputati Vadim Belousov davlat xizmatida bölganida tadbirkorlik bilan şuğullangan. Şu tariqa, ular «köp yillar davomida korrupsiyaga qarşi qonunçilikda belgilangan taqiq va çeklovlarni buzgan», deb yozadi «Kommersant».
1 aprel kuni TASS agentligi Yureviç va Belousov qarindoşlarining umumiy qiymati 100 trillion rubl miqdoridagi hisobraqamlari va aktivlari xatlovga olingani haqida xabar berdi. Qayd etilişiça, xatlov Boş prokuraturaning «Makfa» va unga qaraşli kompaniyalarning Rossiya Federatsiyasi manfaatlari yölida mulkini undiriş töğrisidagi da’vosini ta’minlaş maqsadida amalga oşirilgan.
«RBK»ning 7 maydagi maqolasida ta’kidlaganidek, 100 trillion rubl 2024 yil 1 mart holatiga köra, muomaladagi rubl pullarining umumiy miqdoridan (99,4 trillion rubl) köproqdir. «Makfa» advokati Pavel Xlyustov bu miqdorni «sud ijroçisi ijodining mahsuli» deb atadi», — deb yozadi «RBK».












