Qozoğistonlik diplomatning rafiqasi eri tomonidan muntazam zöravonlikka uçrayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Qozoğistonning #NeMolçi.kz fondi sahifasida yozildi, deb xabar berdi Tengrinews. 

Matnda ta’kidlanganidek, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi elçixona maslahatçisi Saken Mamaş öz xotinini muntazam kaltaklab kelgan va 5 may kuni xotinining singlisiga nisbatan ham kuç işlatgan. 

«Men Mamaş Karina Gosmanovna, BAAdagi elçixona maslahatçisi Mamaş Sakenning rafiqasiman. Men 10 yildan beri zöravonlikka duçor bölayotganimni ma’lum qilaman. Erimning diplomat maqomidan mahrum etilişini va menga nisbatan qilgan barça harakatlari uçun qamoqqa taşlanişini istayman. Men jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy, maişiy, oilaviy zöravonlikka uçraganman», deyiladi ayol bayonotda. 

Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi BAAdagi elçixona maslahatçisi Saken Mamaş zudlik bilan çaqirib olinişini ma’lum qildi. 

«Biz bu xodimni zudlik bilan Qozoğistonga çaqirib olyapmiz. Keyinçalik uning işi huquq-tartibot idoralari tomonidan körib çiqiladi», deyiladi xabarda.