“Pilla yetiştiriş va ipakçilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilişni jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, pilla yetiştiriş va ipakçilik sohasida 2024–2027 yillar davomida:
- tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala çetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
- respublikada ipak qurti uruğiga bölgan ehtiyojni mahalliylaştiriş darajasi 80 foizga;
- respublikada işlab çiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta işlaş darajasi 75 foizga yetkaziladi.
Prezident farmonida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni E-auksion elektron savdo platformasiga ijaraga beriş uçun aniqlangan boşlanğiç bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylaştiriladi.













