«Suv xöjaligida zamonaviy boşqaruv tizimini joriy qiliş va rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, Suv xöjaligi vazirligi barça manbalar böyiça yagona suv balansini yurituvçi hamda Davlat suv kadastrini taşkil etiş va yuritişga oid işlarni muvofiqlaştiruvçi davlat organi etib belgilandi.

Quyidagilar Suv xöjaligi vazirligining asosiy faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

- yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritiş;

- transçegaraviy va içki daryolar, soylar suvlarini samarali boşqariş hamda tabiiy köllar, suv inşootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratiş orqali mamlakat suv xavfsizligini ta’minlaş;

- raqamli texnologiyalarni keng qöllagan holda suv resurslarini boşqariş va suv hisobini yuritişning şaffof tizimini yölga qöyiş;

- sohaga resurs tejovçi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etiş;

- suvdan foydalaniş va suvni boşqarişga bozor mexanizmlarini keng joriy qiliş orqali suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş.