Qozoğiston Transport vaziri Marat Qoraboyev Özbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan uçraşdi. Unda hamkorlikning asosiy yönalişlari, xalqaro transport koridorlarini rivojlantiriş, temir yöl va avtomobil transporti, transport infratuzilmasini quriş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, Dorboza va Maqtaaral örtasida yangi temir yöl liniyasi qurilişi davom etmoqda. Loyihaning amalga oşirilişi ikki davlat örtasidagi yuk taşiş hajmini yana 10 million tonnaga oşiriş imkonini berişi kutilmoqda.

Şuningdek, avtomobillarda eksport-import yuk taşiş hajmi 6 foizga oşib, 1,8 million tonnani taşkil etgan.

Şu bilan birga, Qozoğiston va Özbekiston şaharlari örtasida haftasiga 37 ta reys amalga oşirilmoqda. Muzokaralar çoğida reyslar sonini yanada oşiriş va parvozlar geografiyasini kengaytiriş, Ostona-Toşkent yönalişi böyiça reyslar sonini haftasiga 12 tadan 36 taga, Olmaota-Toşkent yönalişi böyiça haftasiga 20 tadan 36 ta reysga köpaytiriş, boşqa yönalişlarda esa haftasiga 4 tagaça reysni oşirişga kelişuvga erişilgan.

«Termiz — Mozori-Şarif — Kobul — Peşovar» temir yöli qurilişi borasida Qozoğiston tomoni Özbekistonga kömak berişga tayyorligini ma’lum qilgan.

Uçraşuv yakunlariga köra, tomonlar Qozoğiston va Özbekiston örtasida 2024-2025 yillarda transport va logistika sohasidagi strategik hamkorlikni rivojlantiriş böyiça «Yöl xaritasi»ni imzoladi.