Toşkent xalqaro aeroportida janjal kötargan va içki işlar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmagan Rossiya fuqarosiga jazo qöllandi. Kun.uz sud hujjatini örgandi.
Holat bugun, 13 may kuni jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudida körib çiqilgan.
Sud qarorida keltirilişiça, 12 may kuni soat 15:00da Rossiya fuqarosi, 39 yoşli Aleksey Meşeryakov spirtli içimlik iste’mol qilgan holda Toşkent–Moskva yönalişida uçişga tayyorgarlik körayotgan reys bortida janjal kötargan. U jamoat tartibini buzib, ekipaj a’zolarini haqorat qilgan.
Meşeryakov bu harakatlari uçun IIBga olib borilgan, lekin içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga ham böysunmagan.
Sud qarori bilan u Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)da körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.













