Qanday qilib xavfdan himoyalaniş mumkinligi haqida Buyuk Britaniyaning Suonsi universitetida saratonni erta aniqlaş böyiça tadqiqot olib borayotgan özbekistonlik Deniz Akin muhim ma’lumotlarni berib ötdi.
Ovqatlaniş va saraton xavfi örtasidagi boğliqlik tadqiqotlarda örganilgan. Biroq bu yaxşi körgan ovqatlarimiz saraton kasalligiga olib keladi degani emas. Faqat, eng muhimi, me’yor – yaxşi va muvozanatli ovqatlaniş saraton xavfini kamaytiradi.
Ba’zi pişiriş usullari saratonga sabab böluvçi modda işlab çiqarilişiga olib keladi. Karsinogenlar – DNK bilan aloqada bölib, mutatsiyalarni keltirib çiqaradigan, saraton kasalligiga çaliniş xavfini oşiradigan moddalar. Yuqori haroratda pişiriş usullari, masalan, barbekyu yoki oçiq olovda göştni pişiriş, ba’zi kimyoviy moddalar hosil bölişiga olib kelişi mumkin.
Bular orasida göştdagi yoğ olovga tomib, göştga qaytadigan tutun sabab hosil böladigan polisiklik aromatik uglevodorodlar (PAU) va göşt içidagi murakkab reaksiyalar natijasida kuçli issiqlik ostida hosil böladigan heterosiklik aminlar (HCA) bor.

Yana bir zararli kimyoviy modda akrilamiddir. U asosan kartoşka kabi qandolatli oziq-ovqatlarda, ularni qovurganda yoki uzoq vaqt davomida yuqori haroratda pişirganda hosil böladi. Akrilamid non, qahva va don mahsulotlari kabi oziq-ovqatlarda ham uçraşi mumkin.
Bu ma’lumotlarni biliş saratondan xavotirga tuşib yaşaş uçun emas, balki u haqida ma’lumot oliş uçun kerak.
Ma’lumotlarni öqigaç özingiz yoqtirgan taomlardan butunlay voz keçişingiz şart emas. Bu kimyoviy moddalar saraton xavfini oşirsa-da, oziq-ovqatlarni iste’mol qiliş bilan boğliq xavf, çekiş yoki köp miqdorda spirtli içimlik iste’mol qiliş kabi asosiy xavf omillari bilan taqqoslaganda nisbatan past. Şunga qaramay saraton moddalari hosil böladigan tarzda taom pişirişdan qoçgan ma’qul. Qaynatiş, buğlaş kabi pişiriş usullarini tanlaş zararli birikmalar hosil bölişini sezilarli darajada kamaytirişi mumkin.
Bundan taşqari, göştni yoqmaslik va pişiriş paytida göştni vaqti-vaqti bilan aylantiriş bu xavflarni kamaytirişga biroz yordam beradi.
Issiq çoy ham xavflimi?
Issiq çoyning xavfli ekani haqida ötkazilgan tadqiqotlar bunga aniq javob topmagan, lekin örganişlar davomida kerakli xulosalar berilgan.

Qizilöngaç saratoni – qizilöngaçga, tomoqni oşqozon bilan boğlaydigan uzun nayçaga ta’sir qiluvçi jiddiy kasallikdir. Bu turdagi saraton qizilöngaçdagi hujayralar DNKda genetik özgarişga uçraganida rivojlanadi. Vaqt ötişi bilan mutatsiyalar ba’zi hujayralar nazoratsiz ösişiga olib kelişi mumkin, bu esa ösimta şakllanişiga olib keladi.
Özbekistonda 2000-2018 yillarda qizilöngaç saratoni bilan kasallaniş har 100 000 kişiga 2,8 holatni taşkil etgan.
Qizilöngaç rakining asosiy sababi tamaki çekişdir, ammo boşqa xavf omillari ham rol öynaydi. Bunday omillardan biri - issiq içimliklarni iste’mol qilişdir. Odatda bu 60 daraja yoki undan yuqori bölgan haroratdagi içimliklardir.
Dunyo böylab eng sevimli içimliklardan biri çoy hisoblanadi. Çoy içiş, ayniqsa, issiq çoy köplab Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan va madaniyatining bir qismi darajasiga çiqqan. Lekin yuqori haroratdagi içimliklarni iste’mol qiliş oşqozonni issiqlik bilan şikastlaşi mumkin.
Issiq suyuqlik tomoqdan ötişi bilan, qorin böşliğini qizdiradi va bunday yuqori haroratga duç keliş organizmga sezilarli darajada zarar yetkazişi va saraton xavfini oşirişi mumkin. Ammo şuni ta’kidlaş kerakki, faqat issiq çoy içiş saraton kasalligini keltirib çiqarişi haqida aniq dalillar yöq, bu yordam beruvçi omil bölişi mumkin, lekin bevosita sabab emas.
Saraton kasalligini davolaş mumkinmi?
Ha, saratonning köp turlarini davolaş mumkin, ayniqsa ular erta aniqlanganda buning imkoni yuqori böladi. Davolaşning muvaffaqiyati köpinça saraton turi, taşxis qöyilgan bosqiç va bemorning umumiy salomatligi kabi omillarga boğliq.
Jarrohlik, kimyoterapiya, radiatsiya terapiyasi va immunoterapiya kabi muolajalar saraton kasalligini davolaşda samarali ekanligi isbotlangan.
Abu Ali ibn Sino kasallikning özidan köra uning sababini davolagan ma’qul, degandi. Saraton ham xuddi şunday, unga qançalik erta taşxis qöyilsa, omon qoliş imkoniyati şunçalik yuqori böladi.
Bunda insonning öziga bölgan e’tibori hal qiluvçi ahamiyatga ega. Skrining tekşiruvlaridan ötib turiş, soğlom turmuş tarzi va saraton haqida xabardorlik har bir insonga kerak.
Bolalar saratoni haqida
Afsuski, saraton bolalarni çetlab ötmaydi. Ularga mutatsiyalar ota-onadan meros bölib ötişi, ba’zilari esa baçadonda sodir bölişi ham mumkin.
Bolalarni saraton kasalligidan himoya qiliş uçun profilaktika çoralari homiladorlik davrida onaning soğliğidan boşlanişi kerak. Bölajak onalar tamaki va alkogol kabi zararli moddalardan uzoq bölişi, atrof-muhitni ifloslantiruvçi moddalar va kimyoviy moddalarning homilador ayollarga ta’sirini minimallaştiriş juda muhimdir. Meva, sabzavot va donlarga boy töyimli ovqatlaniş, muntazam jismoniy faol böliş esa profilaktikadan taşqari bola immunitetini ham mustahkamlaydi.
Şuningdek, emlaşlar saraton kasalligining oldini olişda muhim rol öynaydi, HPV (baçadon böyni saratoni) va gepatit B (jigar saratoni) ga qarşi vaksinalar ayniqsa muhim. Muntazam ravişda pediatrik tekşiruvlar bolaning soğliğidagi har qanday noodatiy özgarişlarni erta aniqlaş va erta harakat boşlaş imkonini beradi.












