Tadqiqotni Virjiniya politexnika instituti huzuridagi Fralin biotibbiy tadqiqotlar instituti olimlari ötkazgan. Natijalar Nature Metabolism ilmiy jurnalida eʼlon qilingan.
Tajribada 18 yoşdan 45 yoşgaça bölgan 57 nafar soğlom köngilli iştirok etgan. Olimlar ular uçun har biri 300 kilokaloriyalik ikki xil ovqat tayyorlagan. Taomlardagi oqsil, yoğ, uglevod, suv va tuz miqdori özaro moslaştirilgan.
Asosiy farq esa mahsulotlarning qayta işlaniş darajasida bölgan.
Bir xil kaloriya - ikki xil ovqat
Birinçi taomlar töplami kam qayta işlangan mahsulotlar - banan, quritilgan klyukva, pişloq va tuxumdan iborat bölgan.
Ikkinçi töplamga esa çuqur qayta işlangan mahsulotlar: yeryonğoq pastali sendviç, kurka göşti mahsuloti, çips, peçene va tez tayyorlanadigan kartoşka pyuresi kiritilgan.
Olimlar şu yöl bilan ovqatning faqat kaloriyasi va ozuqaviy tarkibini hisoblaş organizm reaksiyasini oldindan baholaş uçun yetarlimi, degan savolni örgangan.
Insulinga taʼsiri qanday böldi?
Iştirokçilarning energiya sarfini aniq ölçaş uçun maxsus yopiq metabolik kameralardan foydalanilgan. Ovqatlanişdan oldin va keyin ulardan bir neça marta qon namunalari olingan.
Natijalarga köra, çuqur qayta işlangan mahsulotlardan iborat ovqatdan keyin insulin darajasi kuçliroq kötarilib, yuqori holatda uzoqroq saqlangan.
Şuningdek, ikki xil ovqat organizmning energiya sarfi va uglevodlardan energiya oliş jarayoniga turliça taʼsir körsatgan. Çuqur qayta işlangan taomdan keyin ovqatni özlaştiriş bilan boğliq energiya sarfi yuqoriroq bölgan.
Miya reaksiyasi ham örganildi
Tadqiqotning alohida bosqiçida iştirokçilarga taomlar suratlari körsatilgan va funksional magnit-rezonans tomografiya yordamida miya faoliyati kuzatilgan.
Taqdim etilgan xabarga köra, olimlar miyaning mukofot hissi, örganiş va odatlar şakllanişi bilan boğliq sohalarida, jumladan, ventral striatum va undagi yaqin yadroda faollik farqlarini qayd etgan.

















