Tojikiston may oyi oxirigaça Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qöşilişi mumkin. Bu haqda Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovga tayanib, Gazeta.uz xabar berdi. 

«Biz mintaqalararo savdo va hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz, qöşnilarimiz — Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston bilan elektr energiyasini yetkazib beriş, eksport, import qiliş va tranziti böyiça juda yaqin hamkorlik davom etmoqda. Bu oy Tojikiston ham yagona Markaziy Osiyo energetika tarmoğimizga qöşilişini kutyapmiz», - degan vazir.

Markaziy Osiyo yagona energetika tizimi haqida

Sobiq ittifoq vaqtida Markaziy Osiyoning gidroenergetikasi va dehqonçiligini rivojlantiriş yagona tizimga birlaştirilgan edi. Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston, Turkmaniston va Janubiy Qozoğistonni qamrab olgan Markaziy Osiyo energetika tizimi operatori rolini Toşkent bajargan. Aynan Özbekiston boşqa tört davlat bilan çegaradoş bölib, bu hol uni tabiiy ravişda mintaqaviy energiya habiga aylantirgan. SSSR parçalanganidan keyin 1997 yilda Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston örtasida energiya tizimlarining parallel işlaşi töğrisida şartnoma imzolanadi. Murakkab tizim beşta davlatning 83 ta elektr stansiyasini birlaştirgan va Toşkentdagi Muvofiqlaştiruvçi-dispetçerlik markazi tomonidan boşqarilgan.

Tizim elektr energiyaga mavsumiy talab va suvga ehtiyojlar özgarişlarini muvozanatlaştirişga imkon bergan. Tojikiston va Qirğiziston qişki vaqtda özidagi suv omborlarida suv yiğib, Qozoğiston, Turkmaniston va Özbekistondan elektr energiya va energiya zaxiralari (kömir va tabiiy gaz) olgan. Yozgi vaqtda Tojikiston va Qirğiziston yiğilgan suvni Özbekiston va Qozoğistonga yerlarni suğoriş uçun yönaltirgan.

Ammo 2003 yilda Turkmaniston elektrga bölgan ehtiyojini özi qondirişga qaror qilib, yagona tizimdan çiqadi. 2009 yil dekabr oyida Markaziy Osiyoning energetik halqasi öz faoliyatini töxtatadi. Asosiy sabab sifatida Özbekistonning tizimdan çiqişi keltirib ötilgan (mintaqadagi boşqa davlatlar tarmoqdan avtomatik ravişda uzilib qolgan). Bunga köpçilik mutaxassislar tomonidan Toşkent va Duşanbe örtasida Roğun GESining qurilişi tufayli yuz bergan ziddiyatlar sabab sifatida körsatilgan.

Tizimning qayta tiklanişi

Yagona energetika tizimini tiklaş zarurati birinçi marta 2014 yilda Özbekiston va Qirğizistonda yuzaga kelgan elektr energiyasi taqçilligi tufayli muhokama qilingan. Ammo bu kutilgan natija bermagan. 2017 yilda Ostona şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika idoralari rahbarlarining yiğilişi bölib ötgan va ular örtasida yagona energetika tizimini tiklaş masalasi körib çiqiladi.