AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga 2 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi. Bu paket Ukrainani zudlik bilan qurol-yaroğ bilan ta’minlaş, Kiyevga boşqa davlatlardan qurol sotib olişga yordam beriş va Ukraina infratuzilmasiga sarmoya kiritiş uçun möljallangan, dedi Amerika taşqi siyosat bölimi rahbari 15 may, çorşanba kuni Kiyevga taşrifi çoğida.
Blinken Kiyevda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan bölib ötgan qöşma matbuot anjumani çoğida: «Biz Ukraina bugun jang maydonida muvaffaqiyat qozonişini ta’minlaş uçun işlayapmiz», dedi. Şu bilan birga, davlat kotibi Ukrainaga kelajakda öz hududidagi hujumlarni qaytariş, Ukraina xalqining öz kelajagini mustaqil belgilaş huquqini amalga oşiriş imkonini beradigan şaroit yaratiş muhimligini ta’kidladi.
Bir kun avval Blinken Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşdi. Bu 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri AQŞ davlat kotibining Kiyevga törtinçi taşrifi böldi. Bu, şuningdek, AQŞ Kongressi bir neça oylik keçikişdan keyin Kiyevga 61 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratişni ma’qullaganidan keyin uning Ukraina poytaxtiga birinçi taşrifidir.
Ukrainaning jang maydonidagi qiyinçiliklari
Qurol-yaroğ, öq-dorilar va askarlar tanqisligini boşdan keçirayotgan Ukraina bir neça oydan beri mudofaaga ötib, rus qöşinlarining hujumini töxtatib kelmoqda. Ikki yildan ortiq vaqtdan beri Ukrainaga qarşi uruş olib borayotgan Rossiya ötgan hafta Xarkiv viloyatida yangi front oçib, çegara hududidagi önga yaqin Ukraina qişloğini egallab oldi. Ukraina qurolli kuçlari askarlari ayrim pozitsiyalarni tark etişga majbur böldi. Zelenskiy frontdagi oğir vaziyat tufayli yaqin kunlarda barça xorijiy safarlarini bekor qildi.
Dmitriy Kuleba Blinken bilan qöşma matbuot anjumani çoğida Ukrainada zudlik bilan yana yettita Patriot zenit-raketa kompleksiga ehtiyoj borligini yana bir bor ta’kidlab, Xarkiv viloyati mudofaasi uçun yana ikkita şunday tizim kerakligini qöşimça qildi. Şuningdek, u ittifoqçi davlatlarni Ukrainaga va’da qilingan qurollarni yetkazib berişni tezlaştirişga çaqirdi.








