Çirçiq şahrida jismoniy tarbiya va sport universitetiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxs uşlandi.
Boş prokuratura huzuridagi departamentning Çirçiq şahar bölimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Unda, fuqaro S.Z. fuqaro S.B.ning işonçiga kirib, uni tanişlari yordamida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 4 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












