15–18 may kunlari Central Asian Expo markazida CAEx Mebel va Dekor xalqaro körgazmasi bölib ötdi. Unda Markaziy Osiyoda yetakçilardan biri hisoblangan Premier brendi öz mahsulotlarini namoyiş etdi.

Körgazmada mebel va dekor sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq kompaniyalar iştirok etdi. Körgazmaga taşrif buyuruvçilar turli xil assortimentdagi oşxona mebellari, yotoqxona va mehmonxona mebellari, şuningdek, boşqa köplab dekor elementlari bilan tanişiş va xarid qiliş imkoniyatiga ega bölişdi. Körgazmada 50 dan ortiq işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarini namoyiş etişdi. Şuningdek, uşbu körgazmada maişiy texnika işlab çiqaruvçi kompaniyalardan Premier brendi yagona iştirokçi böldi va eng ta’bi nozik mijozlarning ham talablariga mos keladigan maişiy texnika mahsulotlarini namoyiş qila oldi.

“Faoliyatimizni televizor işlab çiqarişdan boşlaganmiz. 2020-2021 yildan sovitkiçlar işlab çiqarişni yölga qöydik. Şu kungaça qariyb milliondan ortiq mijozlarni rozi qilişga erişdik. Buning içida televizor, sovitkiç, avtomat kir yuviş maşinalari, konditsionerlar va şunga öxşaş köplab maişiy texnika vositalari orqali har bir özbek xonadoniga kirib bormoqdamiz.

Şu bilan birga işlab çiqarişni yölga qöyganimizdan keyin eksportni ham amalga oşiryapmiz. Ötgan yili qariyb 3 mln dollarlik mahsulotni Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya davlatlariga eksport qildik.

2023 yil avgustda davlat rahbari korxonamizga taşrif buyurib kelgusida kelajakdagi rejalarimiz bilan tanişdi. Loyihalarimiz ma’qul kelib, yangi quriladigan zavodimiz uçun Ohangaron hududidan 40 gektar maydon yerni taqsimlab berişga topşiriq berdi. Bu bizga juda katta motivatsiya böldi.

Bugungi mebellar körgazmasiga ança tayyorlandik. Sababi mebel va maişiy texnika mahsulotlarining özaro boğliqlik joyi bor. Ya’ni har bir yangi uy mebel va maişiy texnika bilan jihozlanadi. Şu sababdan mebel işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikni yölga qöyib, özaro moslaştirgan holda iste’molçilarga taqdim qilişni maqsad qildik”, deydi savdo bölimi boşliği Şuhrat Komilov.