Rossiya Britaniyaning Londondagi rus harbiy attaşesini çiqarib yuborganiga javoban Britaniyaning Moskvadagi elçixonasi mudofaa attaşesi Adrian Kogxillni persona non grata deb e’lon qildi. 16 may, payşanba kuni Rossiya TIV saytida e’lon qilingan xabarga köra, unga bir hafta içida Rossiya Federatsiyasini tark etiş buyurilgan.
«16 may kuni Britaniyaning Moskvadagi elçixonasi vakili Rossiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga uşbu mamlakat rasmiylari tomonidan 8 may kuni mudofaa attaşesi böyiça qabul qilingan nodöstona va asossiz qaror yuzasidan keskin norozilik bildirildi. Biz bu qadamni ikki tomonlama munosabatlarga tuzatib bölmaydigan ziyon yetkazuvçi, aniq rusofobik xarakterdagi harakat sifatida baholaşimizni ta’kidladik», — deyiladi Rossiya Taşqi işlar vazirligi bayonotida.
Londonning munosabati
8 may kuni London Rossiya harbiy attaşesi mamlakatdan çiqarib yuborilganini e’lon qildi. Britaniya içki işlar vaziri Jyeyms Kleverli rossiyalik diplomatni «yomon niyatli faoliyat» bilan şuğullangan «harbiy razvedka xodimi» deb atadi. Britaniyaning çoralariga javoban u Rossiya hukumatidan «rusofobiya, fitna nazariyalari va isteriya ayblovlarini» eşitişini kutayotganini qöşimça qildi, ammo Britaniya hukumati «aldanib qolmasligi»ni aytib ötdi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligining Britaniya attaşesini çiqarib yuboriş haqidagi qarorini izohlar ekan, Kleverli buni «umidsizlik qadami» deb atadi. Vazirning sözlariga köra, britaniyalik diplomat «Rossiya rahbariyati nazarida Ukrainaga noqonuniy bostirib kiriş fonida Britaniyaning uşbu davlatga yordam berişga sodiqligini namoyon etgan».







