Qonunga Qozoğiston fuqaroligiga qabul qiliş va fuqarolikni tiklaş uçun berilgan arizalarni rad etiş asoslariga taalluqli özgartirişlar ham kiritilgan. Ularning orasida voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etiş, davlat tilini elementar darajada, Konstitutsiya asoslari va Qozoğiston tarixini fan va oliy ta’lim sohasida vakolatli organ belgilagan lozim darajada bilmaslik ham bor.
Qonunga köra vizalarning yangi turlari joriy etilmoqda. Ularning orasida investorlar uçun köp martalik vizalar va ehtiyojli kasb sohiblari uçun vizalar bor. Bunday viza sohiblariga Qozoğistonda işlaş va doimiy istiqomat iznini oliş huquqi beriladi.
Bundan taşqari, hujjatda hukumat tomonidan belgilangan hududlarga köçirilayotgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş çoralarini ham belgilanmoqda. Köçirilganlarga dehqonçilik yoki fermerlik xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkalari taqdim etiladi, şuningdek köçiş uçun moddiy yordam va subsidiya, turar joy ijarasi hamda kommunal xizmatlar tölovlari uçun xarajatlarni qoplab beriş uçun mablağlar beriladi. Şuningdek, iqtisodiy mobillik sertifikatlari ham beriladi.
Şuningdek, imzolangan özgartirişlargaköra, jinoyat ijro tizimi muassasalari, tergov hibsxonalari va vaqtinçalik saqlaş hibsxonalarida videokuzatuv tizimlariga zarar yetkazganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Ekstremistik va terrorçilik taşkilotlari bilan aloqador şaxslar, retsidivistlar, uyuşgan jinoiy guruhlarda liderlik pozitsiyada bölgan şaxslar, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etganlar, şuningdek, oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etib, öz mamlakatiga xalqaro şartnomalar asosida qaytarilgan şaxslarning Qozoğistonga kiriş taqiqlanmoqda
Umuman olganda, qonun aholi migratsiyasi va jinoyat ijro tizimidagi qonunçilikni yanada takomillaştirişga yönaltirilgan.













