Senatning ellik ikkinçi yalpi majlisida Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori Akmal Saidovning Özbekistonda inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarga rioya qilinişining holati töğrisidagi axboroti eşitildi.

Unda qayd qilinişiça, 2023 yil umumxalq referendumida Özbekistonning yangilangan Konstitutsiyasining qabul qilinişi bilan inson huquqlarini ilğor xalqaro standartlar asosida himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştirişning yangi qonunçilik asoslari yaratilgan.

Şu bilan birga, majlisda ötkazilgan örganişlardan kelib çiqib, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etiş samaradorligi bilan boğliq qator masalalar belgilab olindi.

Jumladan, senatorlar fuqarolarning ekologik huquqlari ta’minlanişidan, ayniqsa, Toşkentdagi vaziyatdan xavotir bildirdi. Bundan taşqari, turli şakldagi zöravonlikdan bolalarni himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş, bu borada ota-onalar, ta’lim muassasalari va hokimiyat boşqa organlarining mas’uliyatini oşiriş zarurligi qayd etildi.

Inson huquqlari sohasida Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi»da belgilangan qator qonun loyihalarini işlab çiqiş va qabul qiliş keçiktirilayotgani aytib ötildi.

Har tomonlama muhokama yakunlari böyiça Senat qarori qabul qilindi. Unga köra, Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini sözsiz bajariş maqsadida tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda iş olib boriş rejalaştirilgan.