Finlandiya hukumati, agar uçinçi davlat fuqarolariga töğridan töğri çegarada boşpana berişdan boş tortiş va Rossiyaga deportatsiya qiliş imkonini beradigan qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya Federatsiyasi bilan çegarani qisman oçişi mumkin. Bu haqda Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo 19 may, yakşanba kuni çop etilgan Yle Areena naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Qonun qabul qilinganda, biz çegarani ehtiyotkorlik bilan oçişga harakat qilamiz», — dedi Finlandiya boş vaziri. Orpo avvaliga bitta çegara punkti, keyin esa «agar çegaraning har ikki tomonida hamkorlik örnatilsa» boşqalari oçilişi mumkinligini istisno etmadi.
«Çiqarib yuboriş töğrisida»gi qonun loyihasi şoşib tayyorlanmoqda va tanqid qilinmoqda
Aprel oyi oxirida Helsingin Sanomat gazetasi Finlandiya hukumati «şoşilinç tarzda» yangi qonun loyihasini tayyorlayotgani, çunki ular ob-havo yaxşilansa, Rossiya Federatsiyasi boşpana izlovçilarni quruqlik çegarasi orqali ötkazişga kirişişidan xavfsirayotgani haqida xabar bergan edi. Qonun loyihasi maqsadi boşpana izlovçilarning mamlakatga kirişiga yöl qöymaslikdir, şuning uçun u deportatsiya qarorlarini töğridan töğri çegarada qabul qiliş imkonini beradi, deya ta’kidlaydi gazeta. Biroq qonun loyihasi Finlandiya konstitutsiyasi va Inson huquqlari böyiça xalqaro konvensiya qoidalarini buzgani uçun huquq himoyaçilari tomonidan tanqid qilindi, deya qayd etadi naşr.
Rossiya-Finlandiya çegarasida migrantlar oqimi
2023 yil noyabrida Finlandiya tegişli hujjatlari bölmagan muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi çegarasini butunlay yopdi. Helsinki Moskvani uçinçi davlat fuqarolarini çegarani kesib ötişga undaganlikda aybladi. Bunga javoban Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova «Finlandiyaning çegaradagi vaziyat uçun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklaşga urinişlarini» «noaniq bahonalar» deb atadi.








