Ukrainada uruşning 816-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina harbiy-havo kuçlari Qora dengizda rossiyaliklarning «Kovrovets» nomli tralçisi (dengiz ostini minalardan tozalovçi kema) çöktirib yuborilgani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni rasman izoh bermagan.
- Ukrainlarning pilotsiz uçiş qurilmalari Krasnodar ölkasidagi neftni qayta işlaş zavodiga hujum qildi, şundan keyin mazkur korxona faoliyati töxtagan. Şuningdek, Leningrad oblastidagi neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum uyuştirilgan.
- Rossiya qöşini Xarkiv çekkasidagi Çerkasskaya Lozovaya qişloğida joylaşgan dam oliş bazasiga hujum qilgan. Yetti kişi halok bölib, yana 28 kişi jarohat olgan.
- Belgorodda dron portlaşi oqibatida 11 yoşli qiz jarohatlangan, u şifoxonaga yotqizilgan.
Xarkiv oblastida dam oliş bazasi öqqa tutilişi
Rossiya qöşini 19 may kuni soat 11:00 atrofida Xarkiv oblastidagi Çerkasskaya Lozovaya qişloğida joylaşgan dam oliş bazasi böylab raketa zarbasi yölladi. Taxminan 10 daqiqa ötib bazaga yana bir raketa uçirilgan. Region rahbari Oleg Sinegubovning sözlariga köra, qişloq «Iskander-M» raketa kompleksidan öqqa tutilgan. Avvaliga beş kişi ölimi haqida xabar berilgandi, keyin esa Xarkiv oblasti prokuraturasi şifoxonada jabrlanganlardan yana biri — 68 yoşli erkak vafot etganini ma’lum qildi. 20 may kuni yana bir kişi jasadi topildi — 51 yoşli erkak bedarak yöqolgan deb hisoblanayotgandi.

Evgeniy Maloletka / AP/ Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA


















