Özbekiston boş konsuli Abdurahmon Mahmudov Leningrad viloyati tadbirkorlari bilan uçraşdi.

"Dunyo" xabariga köra, suhbat çoğida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, muammolar va salohiyatli biznes şeriklarning takliflari muhokama qilindi.

Şuningdek, Özbekistonning investitsion jozibadorligi va investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlarga bağişlangan taqdimot ötkazildi. Unda Özbekistonda işlab çiqarişni mahalliylaştirişning afzalligi, qulay hududiy joylaşuv, Markaziy Osiyo davlatlari bozorlariga çiqiş imkoniyatlari ta’kidlandi.

Muhokama uçun kötarilgan yana bir dolzarb masala Toşkent şahrida Leningrad mahsulotlarini namoyiş etiş va mahalliy tadbirkorlardan hamkorlar izlaş uçun körgazma zalini oçiş böldi. Şu munosabat bilan Leningrad viloyati sanoatni rivojlantiriş markazi boş direktori Vera Ştokaylo diplomatlardan Özbekiston poytaxtida tegişli bino tanlaşda yordam berişni söradi.

Muzokaralar yakunlari böyiça Özbekistonga Leningrad viloyati işbilarmonlar missiyasini yuboriş masalasini işlab çiqiş va boşqa qator iqtisodiy şeriklik masalalari böyiça muloqotni davom ettiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.