Belgiyaning Mons şahrida joylaşgan NATOning operatsiyalar böyiça Birlaşgan qurolli kuçlar qömondonligi boş qarorgohida taşkilotga a’zo va şerik davlatlar vakillari iştirokida "NATOga şerik davlatlar kuni" tadbiri ötkazildi.

"Dunyo" xabariga köra, tadbirning asosiy maqsadi NATOga a’zo va şerik davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy hunarmandçilik mahsulotlari hamda milliy taomlarini namoyiş etiş orqali özaro aloqalarini mustahkamlaşdan iboratdir.

Mazkur anjuman NATOning madaniy yönalişdagi asosiy tadbirlaridan biri bölib, 2005 yildan beri har yili mazkur qarorgohda ötkazib kelinadi.

Joriy yilgi tadbirda 20 dan ortiq NATOga a’zo va şerik davlatlarning vakillari iştirok etdi.

Anjuman iştirokçilari özbek xalqining madaniyati, urf-odatlari, milliy an’ana va qadriyatlari bilan tanişdilar. Şu bilan birga Özbekistonning qadimiy obidalarini namoyon etuvçi suratlar va milliy hunarmandçilik namunalari örin olgan körgazma taşkil etildi.