Bu haqda Polşa mudofaa vaziri örinbosari Magdalena Sobkovyak-Çarnetskaya 27-oktabr kuni maʼlum qildi. U qarorni «tarixiy» deb atagan.

Vazir örinbosari TVP Info telekanaliga bergan izohida AQŞ şu paytgaça tegişli texnologiya va tajribasini bölişişni istamaganini aytgan. Uning fikriça, markazning Polşada qurilişi mamlakat xavfsizligini mustahkamlaş va AQŞning qöllab-quvvatlaşi belgisidir.

AFP agentligi Sobkovyak-Çarnetskayaga tayanib xabar berişiça, loyiha qiymati qariyb 230 million yevroni taşkil etadi. Qurilişni bir neça oy içida yakunlaş kutilmoqda.

Keyingi maqsad - raketa işlab çiqariş

Varşava servis markazi kelajakda Patriot tizimlari uçun raketalarni mamlakat hududida işlab çiqarişga yöl oçişiga umid qilmoqda. Biroq hozirgi qaror texnik xizmat körsatiş markaziga taalluqli bölib, raketa işlab çiqariş hali istiqboldagi maqsad sifatida tilga olingan.

Sentabrda Sobkovyak-Çarnetskaya AQŞ Ukrainaga tegişli litsenziya bersa, Polşa Patriot raketalari zavodini öz hududida qurişni taklif qilayotganini aytgan edi. U buni işlab çiqarişni «xavfsiz hududda» joylaştiriş imkoniyati bilan izohlagan.

Ayni paytda vazir örinbosari Polşaning servis markazi va keyinçalik işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş böyiça saʼy-harakatlari Ukrainaga oid qarorlarga boğliq emasligini taʼkidlagan.

Ukraina bilan hamkorlik ham muhokama qilingan

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25-sentabrda Donald Tramp Kievga Patriot raketalarini işlab çiqariş litsenziyalarini beriş böyiça «yakuniy qaror» qabul qilganini bildirgan edi.

Sobkovyak-Çarnetskaya esa AQŞ prezidenti avval ham şunday bayonot bergani, keyinçalik bu borada şubha bildirganini eslatgan.

Avgust oxirida Polşa mudofaa vaziri örinbosari Pavel Zalevskiy mamlakat PAC-3 tutuvçi raketalarini işlab çiqariş uçun quvvatlarga ega ekanini va Ukraina bilan hamkorlikka tayyorligini aytgan. Uning sözlariga köra, qöşma işlab çiqariş imkoniyati ham körib çiqilişi mumkin.

Patriot tizimlari Ukraina şaharlari va infratuzilmasini Rossiya ballistik raketalaridan himoya qilişda muhim örin tutadi. Kiev bu tizimlar uçun raketalar yetişmayotgani haqida bir neça bor maʼlum qilgan.