Samarqand viloyati Narpay tumanida 70 yoşli fuqaro mast holda maşina boşqarib, maktab öquvçisini urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2-sinf öquvçisi bölgan qizaloq maktabdan qaytayotganda uni “Nexia-2” maşinasi urib yuborgan. Oqibatda öquvçi qiz jarohat olib, qöli singan. Uni operatsiya qilişgan.
Suriştiruvda aniqlanişiça, 70 yoşli erkak bir yil avval ham spirtli içimlik içib maşina boşqargani uçun haydovçilik guvohnomasidan mahrum etilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Narpay tumani IIB Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.








