Saudiya Arabistoni 2024 yilgi Haj mavsumi uçun Özbekistonga 15 mingta kvota ajratdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng katta körsatkiç hisoblanadi. 

Bu borada keyingi örinni Tojikiston egallab turibdi. Uning kvotasi taxminan 7 ming örinni taşkil qiladi. Safar narxi hozirça e’lon qilinmagan, biroq ötgan yili Haj narxi bir kişi uçun 59 ming somoniyga (taxminan 5440 dollar) yetgan edi.

Qirğiziston 6 ming 60 nafar kişini Hajga yuboriş huquqini oldi. Biroq, rasmiylar yana 500 ta zaxira örin tayyorlagan. OAV ma’lumotlariga köra, ziyoratgohlarga safar qiliş uçun ariza topşirganlarning barçasi allaqaçon 2 ming dollar va qaytarib berilmaydigan 1000 qirğiz sömi (11 dollar) miqdoridagi dastlabki tölovni amalga oşirgan. Bu yil qirğizistonliklarning hajga boriş xarajati 3750 dollar atrofida böladi. Qayd qilinişiça, Haj safari yildan yilga arzonlaşmoqda: 2022 yilda u 4,5 ming dollar, 2023 yilda taxminan 3,9 ming dollar turar edi. 

Qozoğistondan Makkaga rasman 5 ming 81 nafar kişi boradi. Biroq, mamlakat musulmonlari idorasi ta’kidlaganidek, agar fuqarolar qabul qiluvçi davlat qoidalariga köra röyxatdan ötib, xizmat haqini oldindan tölasa, ziyoratçilar soni 10 mingga yetişi mumkin. Uning narxi haqida xabar berilmagan. 

Turkmanistonda bu yilgi ziyoratçilar soni haqida xabar berilmadi. 2023 yilda 2312 nafar Turkmaniston fuqarosi Hajga borgan va bu 2022 yilga nisbatan qariyb ön barobar köp edi.