FAF-2024 tadbiri doirasida “Özaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boşçiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni podşohligi aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar ötkazdi.

Muzokaralar natijasiga köra, Özbekiston şaharlaridan Saudiya Arabistoni şaharlari örtasida muntazam parvozlar soni har bir tomondan 50 tagaça köpaytirişga kelişib olindi va erişilgan kelişuvlarni tasdiqlaş maqsadida memorandum imzolandi.

Memorandum Özbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratçilar hamda “Umra plyus” dasturi orqali Özbekistonga ziyorat turizmi uçun taşrif buyuruvçi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Şuningdek, Özbekistonning barça aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan boğlaş hamda ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.