Avvalroq bir guruh fuqarolar Kun.uz’ga murojaat qilib, Xumo vines nomi bilan tanilgan vayner va uning şeriklari “oson şartlarda” avtomobil va uy-joy olib berişni va’da qilib, özlarini katta mablağga çuv tuşirganini ma’lum qilgandi.
Sayt tomonidan ötkazilgan suriştiruvlarda fuqarolarni çuv tuşirgan guruh tarkibida «Avto 60 oy» işida 8 yilga qamalib, 2 yil-u 10 oy «ötirib» çiqqan Jamşid Bahodirov ham borligi aniqlangandi.
Jabrlanuvçilarning ma’lum qilişiça, fuqarolarni çuv tuşirgan şaxslarga nisbatan IIV huzuridagi tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilgan va tergov tugab, iş sudga oşirilgan.
Jumladan, «Avto 60 oy» işida 8 yilga qamalib, 2 yil-u 10 oy «ötirib» çiqqan Jamşid Bahodirov, Xumo vines nomi bilan tanilgan bloger, «X-vines» MÇJ rahbari Humoyun Mahamadjonov va «Media plus 24» MÇJ rahbari Abdulloh Alimjonov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik), 184-moddasi 3-qismi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan ayblanmoqda.
Ularning uçalasi ham ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Jinoiy guruhning yana bir a’zosi tergovdan yaşiringan.
Guruh a’zolari 400 nafarga yaqin şaxsni çuv tuşirgani aytilmoqda. Umumiy zarar 6 mlrd 734 mln söm atrofida.
Ma’lum bölişiça, mazkur jinoyat işi böyiça sud jarayoni keyingi haftada jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Olmazor tumani sudida boşlanadi.
Yuzlab fuqarolardan bir neça ön mlrd söm pul yiğib olgan va özlaştirib yuborgan «Avto 60 oy» MÇJ rahbarlariga boğliq jinoyat işi tafsilotlari bilan bu yerda tanişişingiz mumkin.








